AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonda harorat 35 darajagacha ko`tariladi

'Bugun O`zbekistonda harorat 35 darajagacha ko`tariladi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni respublika hududiga iliq va quruq havo massalari kirib kelishi davom etadi, buning hisobiga ayrim tumanlarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Kunduz kungi harorat 27-30° ga, janubda va cho`l hududlarida 30-35° ga etadi.  

Poytaxtimizda havo kam bulutli bo`ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo 27-29° gacha isiydi.

Respublikaning tog`li hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Toshkent va Namangan viloyatlarida 2200 m dan yuqorida qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 17-22° gacha ko`tariladi.

 

    Boshqa yangiliklar