AsosiyJamiyat

Chinozda idoraga to`g`ridan-to`g`ri kirib borib, IIB xodimlarini "s`yomka" qilgan fuqaro 10 sutkaga qamaldi

'Chinozda idoraga to`g`ridan-to`g`ri kirib borib, IIB xodimlarini "s`yomka" qilgan fuqaro 10 sutkaga qamaldi'ning rasmi

2021 yil 21 aprel kuni fuqaro A.Otajonov o`zining faceebookʼ ijtimoiy tarmog`idagi sahifasi orqali to`g`ridan-to`g`ri efirga chiqib, qarindoshi M.Xolmatov bilan birgalikda hududiy IIO xodimlari tomonidan chaqirtirilmagan bo`lsada, «Sarbozor» MFY idorasiga (shu idorada tashkil etilgan 29-sonli Huquq-tartibot maskaniga) kirib kelgan.

Shu vaqtda xizmat xonasida bo`lgan profilaktika inspektori T.Narkulov fuqarodan tasvir (to`g`ridan to`g`ri efir)ga olishni to`xtatishni talab qilgan. Profilaktika inspektori bu vaqtda uning xizmat xonasida o`zaro nizoli holat yuzasidan murojaat bilan kelgan boshqa fuqarolar borligi va ular bilan ishlayotgan vaqtida fuqarolarning shaxsiy daxlsizligi, ularning yuzi, inspektorning xonasida ekanligi, shaxsiy ma`lumotlari oshkor bo`lishini oldini olish maqsadida to`g`ridan to`g`ri efirga uzatishni to`xtatishini talab qilgan va fuqaro qonuniy talabni bajarmagach tasvirga olinishiga chek qo`ygan. Mazkur holat yuzasidan olib borilgan qonuniy chora xususida Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati xabar qildi. 

Garchi fuqaro A.Otajonovdan IIO xodimlari tomonidan chaqirtirilmagan bo`lsada, nima masalada kelganini va holat yuzasidan tushuntirishini so`raganida, u turli savollar berib inspektorining qonuniy talablariga bo`ysunmagan. Boshqa fuqarolarni e`tiborini jalb etgan holda inspektorga qarshilik ko`rsatgan.

Holat yuzasidan to`plangan hujjatlar asosida 2021 yil 23 aprel kuni Toshkent viloyati JIB Chinoz tumani sudida, sudya R.Rahimjonov raisligida sud majlisi bo`lib o`tgan.

Sudda, guvohlarning ko`rsatmalari A.Otajonovning oilaviy ahvoli va o`z aybiga iqrorligi inobatga olinib, fuqaro A.Otajonov O`zbekiston Respublikasi MJtKning 194-moddasining 1-qismi va 195-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etgan deb topilgan va MJtKning 34 moddasiga tartibida 10 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlash to`g`risida qaror qabul qilingan.

"Shu o`rinda jurnalistlar, blogerlar va fuqarolardan biror holat yoki murojaatni namoyish etish oldidan masalani ikki tomonlama, xolis o`rganib chiqishlarini so`raymiz", deyiladi xabarda. 

 

    Boshqa yangiliklar