AsosiyJamiyat

Jizzaxda sigir hovlidagi 10 metrlik chuqurga tushib ketdi

'Jizzaxda sigir hovlidagi 10 metrlik chuqurga tushib ketdi'ning rasmi

Kecha, 25 aprel kuni soat 17:40 da Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining tezkor boshqaruv markaziga “1050” qisqa raqami orqali Forish tumani Osmonsoy qishlog`ida istiqomat qiluvchi fuqaro sigiri hovlisida qazilgan chuqurligi 9-10 metr bo`lgan quduqqa tushib ketganligi hamda uni olib chiqishda amaliy yordam so`rab murojaat qilgan. Bu haqda FVV AXborot xizmati xabar berdi.

Mazkur murojaat yuzasidan, boshqarma yong`in-qutqaruv otryadi aytilgan manzilga zudlik bilan etib bordi. Qutqaruvchilar tomonidan olib borilgan tezkor harakatlar natijasida, maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida sigir talofatlarsiz quduqdan chiqarib olindi, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar