AsosiyJamiyat

Tezkor! Ertadan Samarqanddagi barcha maktab va bog`chalar yopiladi

'Tezkor! Ertadan Samarqanddagi barcha maktab va bog`chalar yopiladi'ning rasmi

Samarqand shahridagi maktabgacha ta`lim muassasalari hamda umumiy o`rta ta`lim maktablarida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish holatlari ko`plab kuzatilayotgan edi. 

Samarqand shahar hokimligi Axborot xizmati xabar berishicha, infeksiyani yuqtirib olish ko`rsatkichi keyingi kunlarda bir necha barobar oshib borayotganligi bois  shahar hokimligi huzuridagi epidemiyaga qarshi kurash favqulodda komissiyasining qarori tasdiqlandi. Unga ko`ra,  shahardagi barcha maktab va maktabgacha ta`lim muassasalarida 14 kunlik karantin joriy etildi.

Shu sababli o`quvchilarga erta, 27 apreldan boshlab onlayn ta`lim berish tizimi yo`lga qo`yiladi. Eslatib o`tamiz, muassasalarga kirib-chiquvchilar orasida karantin davrida koronavirusni yuqtirib olish holatlari kuzatilmasa ta`lim berish tizimi an`anaviy yo`lga qo`yiladi.  

 

    Boshqa yangiliklar