AsosiyJamiyat

“Taxiatosh IES”da yirik yong`in bo`lgani va qoraqalpog`istonliklar "svet"siz qolgani haqidagi xabarlarga oydinlik kiritildi

'“Taxiatosh IES”da yirik yong`in bo`lgani va qoraqalpog`istonliklar "svet"siz qolgani haqidagi xabarlarga oydinlik kiritildi'ning rasmi

Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda “Taxiatosh IES” AJ da yong`in yuz bergani va buning natijasida Qoraqalpog`iston Respublikasining aksariyat hududlarida elektr energiyasi uzilishi yuz bergani haqida turli xabarlar tarqalmoqda.  “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ ushbu xabarga rasman javob berdi.

“Taxiatosh IES” AJda hech qanday yong`in va shu kabi favqulodda holatlar yuz bermagan.

Ushbu holatni Favqulodda vaziyatlar vazirligi ham tasdiqladi.

Bugun, 25 aprel kuni soat 20:46 da stansiyadagi ochiq taqsimlovchi qurilmada qisqa tutashuv yuz berganligi sababli 1-sonli bug`-gaz qurilmasi va 1, 3-sonli turbogeneratorlar avtomatik himoya tizimining ishga tushushi natijasida o`chib qolgan.  

Voqea natijasida energouskunalarga hech qanday talofat etkazilmagan. Soat 21:23 da stansiyada ochiq taqsimlovchi qurilmaning ish faoliyati tiklangan.

"Energobloklar bosqichma-bosqich ishga tushirilib energotizimga ulanmoqda" deb yozmoqda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Matbuot xizmati.

    Boshqa yangiliklar