O`zbekiston Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov bilan o`tkazilgan brifingda ma`lum qilinishicha, yo`lovchilarga qulayliklar yaratish maqsadida Toshkent xalqaro aeroportiga kirib borishdagi yopiq estakada yo`li ochilishi kutilmoqda.
Shuningdek, Fransiya fuqaro aviasiyasi milliy maktabi bilan birgalikda Toshkent davlat transport universiteti tarkibida Fuqaro aviasiyasi uchuvchilarini tayyorlash maktabi ochilishi ham rejalashtirilgan.






