AsosiyJamiyat

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligiga yangi boshliq tayinlandi

'Tashqi mehnat migrasiyasi agentligiga yangi boshliq tayinlandi'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining ma`lum qilishicha, Xayrulla Umarov Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi boshlig`i etib tayinlandi. Umarov Xayrulla Saydullaevich 1980 yilda Namangan viloyatida tug`ilgan. 2002 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

2002-2019 yillarda “O`zuyjoyjamg`armabank” Toshkent shahar bo`limi mutaxassisi, Toshkent shahar Iqtisodiyot bosh boshqarmasida bo`lim boshlig`i o`rinbosari, bo`lim boshlig`i, Toshkent shahar hokimligida bo`lim boshlig`i, Toshkent shahar hokimligi Tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish, eksportga ko`maklashish va qo`llab-quvvatlash guruhi rahbari, Yakkasaroy tumanida investisiya, innovasiya, sanoat, turizmni rivojlantirish va xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish masalalari bo`yicha hokim o`rinbosari lovozimlarida ishlagan.

X.Umarov 2019 yildan shu kunga qadar Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi boshlig`i o`rinbosari va birinchi o`rinbosari lavozimlarida ishlab kelayotgan edi.

 

    Boshqa yangiliklar