AOKAda bo`lib o`tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva koronavirus infeksiyasi va unga qarshi vaksinasiya borasidagi savollarga javob berdi.
" – Koronavirus infeksiyasi bo`yicha ma`lumotlar doimiy ravishda o`zgarib tursada, bugungi kunda AQSh, Xitoy, Rossiya va Evropa davlatlari ma`lumotlarga ko`ra, dunyoda aniqlangan va tasdiqlanib kelayotgan koronavirus infeksiyasining shtammlari ichida birlamchi paydo bo`lgan koronavirusga nisbatan turli xil, ya`ni tezroq tarqaluvchi yoki og`irroq kechuvchi xussusiyatlarga ega bo`lgan shtammlari mavjudligi yoritilmoqda.
Oxirgi tadqiqotlar natijasida “afrikancha” shtamm eng xavfli deb tan olingan, chunki bu shtamm gumoral immunitetga qarshi tura oladi va unga qarshi davolashning ta`siri pastroq. Bu shtamm bilan kasallanganlarda koronavirus infeksiyasi og`ir va o`ta og`ir darajada o`tadi.
️Lekin, shu o`rinda ta`kidlab o`tish joizki, bu shtamm birlamchi koronavirusga va britancha shtammga nisbatan sekin tarqaluvchandir. Shu xusussiyati bilan uni uchrashi kamroqdir.
Bu esa, o`z o`rnida kasallikni bu kabi shtammlaridan o`zimizni himoyalashimiz va doimiy ravishda karantin qoidalariga rioya qilishimiz kerak, bunda doimiy niqoblarni taqish, ijtimoiy masofani saqlash va qo`llarni antiseptiklar bilan ishlov berib turish kerakdir", – dedi Sevara Ubaydullaeva.






