AsosiyJamiyat

Ijtimoiy tamoqlardagi yong`in o`chirish mashinalarining suv sepilayotgani aks etgan holatlar qaerlarda va nima uchun bo`layotgani ma`lum qilindi

'Ijtimoiy tamoqlardagi yong`in o`chirish mashinalarining suv sepilayotgani aks etgan holatlar qaerlarda va nima uchun bo`layotgani ma`lum qilindi'ning rasmi

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda yong`in o`chirish mashinalari tomonidan suv sepilayotgan jarayonlar aks etgan videolar keng tarqaldi. Holatga Favqulodda vaziyatlar vazirligi munosabat bildirdi.

Ma`lum qilinishicha, mazkur holat vazirlik tomonidan to`liq nazoratga olinib, hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, ushbu vaziyat respublikamizning Andijon viloyati Marhamat hamda Surxondaryo viloyati Denov tumanlarida yuzaga kelganiligi ma`lum bo`ldi. 

Unga ko`ra, yuqorida qayd etilgan hududlarda koronavirus infeksiyasining o`chog`i aniqlangan hamda virus tarqalishining oldini olish maqsadida, dezinfeksiya ishlari shoshilinch, tartibsiz holda amalga oshirilgan.

Hodisa yuzasidan o`rganish yakunlari bo`yicha tegishli xodimlarga intizomiy ta`zir choralari ko`riladi.

Boshqa yangiliklar