AsosiyJamiyat

Farg`onada YTH velosipedchining o`limiga sabab bo`ldi

'Farg`onada YTH velosipedchining o`limiga sabab bo`ldi'ning rasmi

 22 aprel kuni fuqaro M.J. “Matiz” rusumli avtomashinasini O`zbekiston tumani Hayotobod qishlog`i hududida boshqarib ketayotib, qatnov qismini velosipedda kesib o`tayotgan V.R.ni urib yuborishi oqibatida, V.R. shifoxonada vafot etgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Farg`ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi haydovchilarni hushyorlikka chaqirib, yo`llarda harakatlanganda yo`l harakati qoidalariga amal qilinmasa, ko`ngilsiz holatlar sodir bo`lishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Boshqa yangiliklar