Joriy yilning 26 aprel kuni ertalabki soat 08.30 larda olingan xabarga ko`ra voqea joyiga etib borgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan Nukus shahri bo`ylab o`tgan “Do`stlik” kanaliga o`zini tashlagan noma`lum ayol suvdan qutqarib olindi. Bu haqda Milliy Gvardiya Axborot xizmati xabar berdi.
O`z vaqtida birinchi tibbiy yordam ko`rsatilib, shahar tibbiyot birlashmasiga etkazilgan ushbu ayol, dastlabki surishtiruvlar mobaynida Nukus shahrida yashovchi 2000 yilda tug`ilgan fuqaro D.N. ekanligi ma`lum bo`ldi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Nukus shahar IIB tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.






