AsosiyJamiyat

Samarqandda IIB xodimlari fuqaroni avtomobilida urib, olib ketgani aytilmoqda. Rasmiylar izoh berdi (video)

'Samarqandda IIB xodimlari fuqaroni avtomobilida urib, olib ketgani aytilmoqda. Rasmiylar izoh berdi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Paxtachi tumanida YPX xodimlari bir odamni avtomobilida urib olib ketti” sarlavhasi ostida videolavha tarqaldi.

Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati ma`lumot berdi.

Ma`lum qilinishicha, 2021 yil 26 aprel kuni soat 18:30 larda Samarqand viloyati IIB YHXB 4-otryad xodimlari Paxtachi tumani hududidan o`tuvchi “Mirkan” MFYdagi ichki yo`lda xizmat olib borayotgan vaqtida, shu yo`nalishda harakatlanib kelayotgan “Damas” rusumli transport vositasi YPX xodimlarini ko`rib, yo`nalishni keskin o`zgartirib, orqaga harakatlangan.

Bu holat YPX inspektorlarida shubha uyg`otib, xodimlar o`zlariga biriktirilgan patrul avtomashinasida transport vositasini kuzatib borib, to`xtatish choralarini ko`rgan.

Transport vositasini hujjatlarini ko`zdan kechirish vaqtida, haydovchi spirtli ichimlik ist`emol qilganlikda gumonlanib, narkologiya dispanseriga olib borilayotganda, haydovchi xodimlarga qarshilik ko`rsatib, nojo`ya so`zlar bilan haqorat qilgan. Tibbiy ko`rik natijasiga ko`ra ushbu haydovchida mastlik holati aniqlanib, unga nisbatan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo`yilgan.

Xodimlarning harakatlarida xizmat intizomi va qonun buzilish holatlari bor yoki yo`qligini aniqlash maqsadida xizmat tekshiruvi o`tkaziladi, deyilgan rasmiy munosabatda. 

 

    Boshqa yangiliklar