O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi prokurori lavozimida ishlab kelgan Samir Rahmonov 33 yoshida vafot etdi. O`limga yurak xuruji sabab bo`lgani aytilmoqda, deya yozdi "Xabar.uz".
Mehnat faoliyatini Bosh prokuratura huzuridagi departamentda boshlagan S.Rahmonov keyingi yillarda mahkama matbuot xizmati mas`ul vakili sifatida ommaviy axborot vositalari xodimlari o`rtasida samimiy va ochiq ko`ngil inson sifatida alohida hurmat qozongan edi...
Alloh rahmatiga olsin!
«darakchi.uz» jamoasi ham marhumning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.






