Chiroqchi tumani "Qumdaryo" mahallasi Oqtunli qishlog`ida yashovchi ayrim fuqarolar tomonidan Xo`jaobod mahallasi Xo`jaobod qishlog`idan o`tuvchi A-378 “Qarshi -Samarqand” avtomobil yo`lini to`sib avtomashinalar xarakatlanishiga to`sqinlik qilish holati yuz berdi.
2021 yil 23 aprel kuni Chiroqchi tumani Qumdaryo mahallasi Oqtunli qishlog`ida yashovchi bir guruh ayollar farzandlari qo`shni qishloqdagi maktabga borish uchun qiynalayotganligi, farzandlarini Xo`jaobod qishlog`idagi maktabga borishi uchun “Qarshi-Samarqand” avtomobil yo`lidan kesib o`tishlari xavfli ekanligini bildirib, yo`lni to`sib mashinalar harakatlanishiga qarshilik ko`rsatishgan.
2021 yil 21 aprel kuni “Isuzu” rusumli yuk mashinasi A-378 Samarqand-G`uzor yo`lidan Samarqand viloyati tomonga harakatlanib kelib, yo`lning o`ng tomonidan chap tomoniga piyodalar yo`lakchasi orqali kesib o`tayotgan voyaga etmagan, Chiroqchi tumani “Xo`jaobod” mahallasida yashovchi, Chiroqchi tumani xalq ta`limi bo`limiga qarashli 140-sonli umumta`lim maktabining 1-sinf o`quvchisi, 2014 yilda tug`ilgan D.E o`rib yuborganligi, natijada, voyaga etmagan D.E. og`ir tan jarohati olib Chiroqchi tumani Ko`kdala shifoxonasida vafot etganligi sababli tuman mutasaddi raxbarlari tomonidan Qumdaryo mahallasi xududida qurilayotgan maktabning qurilishini tezlashtirish va ishga tushirish maqsadida Xo`jaobod mahallasi Xo`jaobod qishlog`idan o`tuvchi “Qarshi-Samarqand” avtomobil yo`lini to`sib avtomashinalar harakatlanishiga to`sqinlik qilgan. Natijada A-378 avtomobil yo`lida qisqa muddatga avtomashinalarning xarakatlanishi to`xtab qolgan.






