AsosiyJamiyat

Nurafshon shahrida ikki qavatli uy portlab ketdi

'Nurafshon shahrida ikki qavatli uy portlab ketdi'ning rasmi

Bugun, 27 aprel kuni soat 11:40da Toshkent viloyati Nurafshon shahrida, “Obod turmush” MFYda joylashgan ikki qavatli uyda gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo`ldi. Bu haqda FFV xabar berdi. 

Buning oqibatida binoning 2-qavatiga jiddiy zarar etgan. Afsuski, hodisada bir nafar fuqaro vafot etgan. Mazkur holatning tabiiy gazning sizib chiqishidan kelib chiqqanligi taxmin qilinmoqda.

Ma`lum qilinishicha, ayni daqiqalarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari voqea joyida ishlamoqda. Mazkur vaziyat yuzasidan qo`shimcha ma`lumotlar bilan darakchi.uz orqali berib boriladi.

    Boshqa yangiliklar