AsosiyJamiyat

Sariosiyo-Toshkent yo`nalishidagi poezdda tibbiy xizmat etishmagani sabab ayol kishi vafot etdimi? Aniqlik kiritildi

'Sariosiyo-Toshkent yo`nalishidagi poezdda tibbiy xizmat etishmagani sabab ayol kishi vafot etdimi? Aniqlik kiritildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Sariosiyo-Toshkent yo`nalishida harakatlanuvchi №681 sonli yo`lovchi poezdida birinchi tibbiy yordam ko`rsatish uchun dori vositalari, aptechka, tibbiy bilimga ega biror shaxs yo`qligi bois, bir keksa ayolning tobi qochib vafot etganligi haqida xabar tarqaldi. “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ tarqatlgan ushbu holatga izoh berdi.

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 25 aprel kuni №681 sonli Sariosiyo-Toshkent yo`nalishida harakatlanuvchi yo`lovchi poezdning 17 vagoni 30 o`rindig`iga Sariosiyo bekatidan 15.09.1961 yilda tavvalud topgan yo`lovchi B.G. qizi va o`g`lining hamrohligida Toshkent shahriga yo`lga chiqqan. Yo`lovchi B.G. vagonga chiqayotgan vaqtida ahvoli og`ir ekanligini inobatga olib vagon kuzatuvchilar Salimov Kozim, Ilhomov Qodirlar tomonidan yo`lovchiga amaliy yordam berilgan va har bir temir yo`l bekatlariga tibbiyot xodimlari vagonga chaqirtirilgan. Yo`l safari davomida B.G ning ahvoli keskin ravishda og`irlashib Denov, Qumqo`rg`on, Boysun, Darband vokzallaridan tibbiyot xodimlari tomonidan birinchi tibbiy yordam ko`rsatilgan. Qumqo`rg`on tibbiyot punkti navbatchi feldsheri Mengnarov Abdivohid kech soat 18:20 larda Sariosiyo-Toshkent yo`lovchi poezdining 17 vagonidagi bemor B.G ga birinchi tez tibbiy yordam qo`rsatayotgan vaqtida bemorning qizi onasi B.Gning jigar serrozi kasalligi bilan og`riganligini aytadi. Buni u o`z tushuntirish xatida ham bayon qilgan. Darband vokzali hamshirasi Normamatova Nargiza Termiz -Toshkent yo`lovchi poezdining 17 vagonida bemor ayolga birinchi tibbiy yordam qo`rsatish vaqtida, bemorning farzandlariga bemorni yo`lovchi poezdidan tushirib olib qolishni aytganligini, bemorning o`g`li poezddan tushib qolishga rozi bo`lmagan. Bemorning o`g`li buni o`z tushuntirish xatida ham bayon qilgan. Temir yo`l bekatlarida birinchi tibbiy yordam ko`rsatilishiga qaramasdan mazkur poezd Oqrabot temir yo`l bekatiga yaqinlashayotganida tobi qochgan bemor yo`lovchi olamdan o`tgan. 

"Bugungi kunda “O`zbekiston temir yo`llari ”AJ ga qarashli barcha poezdlarda tibbiyot qutilari(aptechkalar), birinchi yordam ko`rsatish uchun dori-darmonlar bilan ta`minlangan. Bundan tashqari har bir stansiyada tibbiyot xonalari mavjud, ularda kechayu kundiz tibbiyot xodimlari faoliyat olib boradi. Shuningdek, ayni kunda yo`lovchi poezdlarni texnik va texnologik yo`lga tayyorlash korxonasida 100 ga yaqin tibbiyot qutilari zahira qilingan. Ular dori vositalari bilan to`ldirilib, foydalanish muddati doimiy ravishda nazorat qilib boriladi",–.“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ bergan izohda.

Boshqa yangiliklar