AsosiyJamiyat

Norozilik namoyishi uyushtirgan chiroqchilik ayollar dardi Senat nazoratiga olindi

'Norozilik namoyishi uyushtirgan chiroqchilik ayollar dardi Senat nazoratiga olindi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida bir guruh ayollar Xo`jaobod qishlog`idan o`tuvchi A-378 Qarshi—Samarqand avtomobil yo`lini to`sib, avtomashinalar harakatlanishiga to`sqinlik qilgan.

Ma`lum bo`lishicha, tumanning “Qumdaryo” mahallasi Oqtunli qishlog`ida yashovchi ayollar farzandlari qo`shni qishloqdagi maktabga borish uchun qiynalayotgani, ular Xo`jaobod qishlog`idagi maktabga borishi uchun Qarshi—Samarqand avtomobil yo`lidan kesib o`tishlari xavfli ekanini bildirib, yo`lni to`sib, mashinalar harakatlanishiga qarshilik ko`rsatgan.

Mazkur holat Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo`mitasi nazoratiga olindi, deya xabar qildi Senat Axborot xizmati. 

Senat Tumanda yashovchi aholi vakillarini qiynayotgan muammolar yuzasidan qilinishi lozim bo`lgan ishlarni o`rganib, natijalari yuzasidan batafsil axborot beradi.

    Boshqa yangiliklar