AsosiyJamiyat

"Farzandlarimizga o`zbek tilini o`rganish qiyin" degan gap g`ururiga tegmagan 65 nafar deputat..." Murojaatlar davlat tilida bo`lishi kerakligi haqidagi taklif Qonunchilik palatasi tomonidan ma`qullanmadi

'"Farzandlarimizga o`zbek tilini o`rganish qiyin" degan gap g`ururiga tegmagan 65 nafar deputat..." Murojaatlar davlat tilida bo`lishi kerakligi haqidagi taklif Qonunchilik palatasi tomonidan ma`qullanmadi'ning rasmi

Bugun, 27 aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bugungi majlisida “O`zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi O`zbekiston Respublikasining Qonuniga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida"gi qonun loyihasining 2-muhokamasi bo`lib o`tdi. 

Majlisda loyihaning 12-moddasi qizg`in muhokamalarga sabab bo`ldi

Qo`mita tomonidan taklif  

qilinayotgan tahrir:

12-modda.  

Jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organlari va davlat muassasalari, ularning mansabdor shaxslariga davlat tilida va boshqa tillarda murojaat qilish huquqi ta`minlanadi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga javoblar mumkin qadar murojaat etilgan tilda bayon qilinadi.

“Milliy tiklanish” DP  fraksiyasi quyidagicha taklif bergan:

12-modda.  

Jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organlari va davlat muassasalari, ularning mansabdor shaxslariga davlat tilida va boshqa tillarda murojaat qilish huquqi ta`minlanadi.  

Boshqa tillarda murojaat qilingan taqdirda murojaat matnining davlat tiliga tarjimasi ilova qilinishi shart.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga javoblar davlat tilida bayon qilinadi. 

Keskin muhokamalarga sabab bo`lgan qonun loyihasining 12-moddasiga qo`mita bergan taklif ham, fraksiya bergan taklif ham qabul qilinmadi. Qo`mita mazkur moddani takomillashtiradigan bo`ldi.

"Milliy tiklanish" partiyasi rahbari Alisher Qodirov “Milliy tiklanish” DP fraksiyasining “Davlat idoralariga murojaatlar davlat tilida bo`lsin, boshqa tilda bo`lsa davlat tiliga tarjimasi ilova qilinsin, javoblar davlat tilida bo`lsin”, degan taklifiga xalq vakillarining munosabatidan parcha keltirdi:

"Bir hamkasbimizning “bizga va farzandlarimizga o`zbek tilini o`rganish qiyin, biz o`z tilimizda murojaat qilishni hohlaymiz” degan gapi ham g`ururiga tegmagan  65 ta deputat...

O`zbek tili ojiz...

Bu masalaga, o`lmasak, 10 yildan keyin qaytarkanmiz. Hozircha uzr, ovozimiz kamlik qilayapti", - deya yozib qoldirdi deputat.

    Boshqa yangiliklar