AsosiyJamiyat

Qashqadaryodagi qamoqxonada mahkum vafot etdi. "Sir"li holatni Senat nazoratga oldi

'Qashqadaryodagi qamoqxonada mahkum vafot etdi. "Sir"li holatni Senat nazoratga oldi'ning rasmi

Shu kunlarda internetda “Qashqadaryodagi qamoqxonada mahkum vafot etdi. U chindan ham o`zini osganmi?” sarlavhali xabar tarqaldi.

Ma`lum qilinishicha, mazkur xabarda Qashqadaryoda jazo muddatini o`tayotgan mahkumlardan biri o`zi tug`ilib o`sgan Namangan viloyatidagi manzilli koloniyaga o`tkazilishi arafasida shu yilning 28 mart kuni Qashqadaryo viloyat IIB Jazoni ijro etish bo`limi 2-son koloniyasi ishlab chiqarish korxonasining omborxonasi to`siniga telefon kabeli bilan o`zini osib, joniga qasd qilib vafot etgani va marhumning yaqinlari u o`zini osgani haqidagi rasmiy izohga shubha bilan qarayotgani ta`kidlangan.

Marhumning onasi M.Botirovaning aytishicha Sh.A`zamov shu yilning 26 mart kuni jazo muddatini o`tayotgan Qarshi shahri Shayxaliqo`rg`oni qamoqxonasida vafot etganligi bildirilgan.

Muassasa ma`muriyati o`lim sababini “o`z joniga qasd qilish” deb ko`rsatgan. Ammo marhumning qarindoshlari va uning onasi tomonidan jasadni ko`zdan kechirgandan so`ng u o`zini-o`zi osganligiga shubha bilan qarab qaytadan ekspertiza qildirmoqchi bo`lishganida, jasad oldin ekspertizadan o`tganligi va ular qayta ekspertiza qilmasligini aytib rad javobini berishgan.

Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan berilgan ma`lumotlarda Qashqadaryo viloyati maxsus prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganligini bildirgan.

Ushbu “sirli” holat senatorlarning e`tiboridan chetda qolmadi, deya xabar berdi Senat Axborot xizmati.

Shu bois Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo`mitasi O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligidan mazkur holatni nazoratga olish va puxta o`rganib chiqish hamda natijasi yuzasidan rasmiy bayonot berishni so`raydi.

    Boshqa yangiliklar