27 aprel kuni mamlakatimiz hududlari bo`ylab jami 34 445 nafar kishi COVID-19 ga qarshi emlandi. Bu haqda SSV xabar bermoqda
Shu tariqa ayni kungacha mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 600 379 nafarga etdi.
27 aprel kunidagi emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:
-Farg`ona viloyati (5357 nafar)
-Toshkent viloyati (4235 nafar),
-Samarqand viloyati (4138 nafar) band qildi.
Koronavirusga qarshi emlangan jami aholi soni:
-Farg`ona viloyatida 80874 nafar,
-Namangan viloyatida 62275 nafar,
-Samarqand viloyatida 60543 nafarni tashkil qilmoqda.
Emlash jarayonlari davom etadi.






