AsosiyJamiyat

Farg`onada “Paynet” shahobchasi ishchisi tushumlarni aldov yo`li bilan qo`lga kiritdi

'Farg`onada “Paynet” shahobchasi ishchisi tushumlarni aldov yo`li bilan qo`lga kiritdi'ning rasmi

2020 yilning noyabr oyidan 2021 yilning 25 mart kuniga qadar bo`lgan vaqt oralig`ida M.M. O`.D.ga qarashli Marg`ilon ko`chasida joylashgan “Paynet” shahobchasida ishlab kelib, shahobcha hisobidagi 553.958.100 so`m miqdordagi tushumlarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritib, o`z ehtiyojlariga sarflab yuborgan. Bu haqda  Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan Farg`ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo`lishini esdan chiqarmang.

Yuqorida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs o`n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.  


 

    Boshqa yangiliklar