AsosiyJamiyat

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazir Turkiyaning O`zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

'Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazir Turkiyaning O`zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi'ning rasmi

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligida Turkiya Respublikasining O`zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Olgan Bekar janoblari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. 

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligida Turkiya Respublikasining O`zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Olgan Bekar janoblari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. 

Samimiy uchrashuv boshida Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri Abduqodir Toshqulov Elchi janoblarini kuni kecha O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga ishonch yorlig`ini topshirgani bilan qutlab, uning kelgusida ikki davlat o`rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Uchrashuvda shuningdek Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rektori S.Turabdjanov va Toshkent to`qimachilik va engil-sanoat instituti rektori I.Sobirov ishtirok etdi.

Vazir A.Toshqulov O`zbekiston va Turkiya o`rtasidagi oliy ta`lim sohasidagi hamkorlik shu paytgacha muvaffaqiyatli bo`lganini aytib o`tdi. Misol uchun, ilgari ikki tomonlama xamkorlik yo`nalishlari asosan turkshunoslik, turk tili va adabiyoti, Markaziy Osiyo xalqlarining tarixi, milliy tillari bo`lgan bo`lsa, hozirda hamkorlik dinamikasi o`nlab boshqa mavzularni o`z ichiga qamrab oladi.

Turkiya bilan hamkorligimizning namunasi sifatida 2020 o`quv yilidan  boshlab faoliyat yuritayotgan Turkiya Iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining Toshkentdagi filialini aytib o`tish mumkin. Bo`lg`usi tadbirkorlarni xalqaro biznes tajribasi asosida ish yuritishga o`qitadigan ushbu universitetning yurtimizdagi filialida talabalar 2 ta ta`lim yo`nalishida (elektron tijorat va texnologiyalarni boshqarish; xalqaro biznes va tadbirkorlik) tahsil olmoqda.

Vazirning so`zlariga ko`ra, O`zbekiston Turkiya bilan texnika va muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash,  matematika, fizika, ximiya, geologiya kabi yo`nalishlardagi hamkorlikka yanada ko`proq e`tibor qaratmoqda.

Elchi janoblari Olgan Bekar O`zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlarni qo`llab-quvvatlashini ta`kidlab, ushbu jarayonlarda yangicha fikrlaydigan kadrlarga ehtiyoj yuqoriligini aytib o`tdi. Bunday kadrlarni yuqori saviyada tayyorlash uchun katta kuch va tinimsiz shijoat, hamda zamon talablari bilan uyg`un qo`shma o`quv dasturlar kerakligi aytildi.

Ikki tomon istiqbolda yangi sohalarda yaqindan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

    Boshqa yangiliklar