AsosiyJamiyat

Endi fuqarolar ham Konstitusiyaviy sudga murojaat etishi mumkin

'Endi fuqarolar ham Konstitusiyaviy sudga murojaat etishi mumkin'ning rasmi

"O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy sudi to`g`risida"gi Qonun (O`RQ–687-son, 27.04.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma`lum qildi.

 Qonunga ko`ra, Konstitusiyaviy sud doimiy faoliyat yurituvchi sud hokimiyati organi bo`lib, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat hujjatlarining Konstitusiyaga muvofiqligi to`g`risidagi ishlarni ko`radi.

Konstitusiyaviy sud konstitusiyaviy huquq va erkinliklari muayyan ishda qo`llanilgan va Konstitusiyaga muvofiq bo`lmagan qonunda buzilgan deb hisoblovchi fuqarolar hamda yuridik shaxslarning shikoyatlarini ham ko`rib chiqishi belgilandi.  

Konstitusiyaviy sud rais va uning o`rinbosarini qo`shgan holda 9 nafar sudyadan iborat bo`ladi (Ilgari 7 nafar edi).

Konstitusiyaviy sudga murojaat qilish huquqiga ega bo`lgan sub`ektlar qatoriga quyidagilar kiritildi:

●  Inson huquqlari bo`yicha vakil (ombudsman) o`rinbosari – Bola huquqlari bo`yicha vakil;

●  Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasining Milliy markazi;

●  Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo`yicha vakil.

Fuqarolar va yuridik shaxslar qonun ularning konstitusiyaviy huquqlari va erkinliklarini buzmoqda deb hisoblasa hamda sudda ko`rilishi tugallangan muayyan ishda qo`llanilgan bo`lsa va sudda himoya qilishning barcha boshqa vositalaridan foydalanib bo`lingan bo`lsa, qonunning Konstitusiyaga muvofiqligini tekshirish to`g`risidagi shikoyat bilan Konstitusiyaviy sudga murojaat etishga haqli.

 

    Boshqa yangiliklar