AsosiyJamiyat

SSV: Maktab va bog`cha xodimlari hamda surunkali kasalligi bor fuqarolarni ham koronavirusga qarshi emlash boshlandi

'SSV: Maktab va bog`cha xodimlari hamda surunkali kasalligi bor fuqarolarni ham koronavirusga qarshi emlash boshlandi'ning rasmi

CCV O`zbekistonda koronavirusga qarshi emlanayotgan aholi qatlamlari qamrovi kengaygani haqida xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, shu paytgacha 65 yosh va undan katta fuqarolar hamda tibbiyot xodimlari emlanayotgan bo`lsa,  27 apreldan boshlab o`rta maktab o`qituvchilari, maktabgacha ta`lim muassasalari xodimlari hamda surunkali kasalligi bor fuqarolar ham vaksinasiya jarayonlariga jalb qilingan.

Shu kunning o`zida:

  • 9343 nafar o`qituvchi,  
  • 5298 nafar maktabgacha ta`lim muassasalari xodimlari,  
  • 2845 nafar surunkali kasalligi borlar kornavirusga qarshi vaksina qabul qilgan.

 

Ilk kunda maktab o`qituvchilarining 22 foizi AstraZeneca, 78 foizi ZF-UZ-VAC2001 bilan emlangan bo`lsa, maktabgacha ta`lim muassasalari xodimlarida bu ko`rsatkich mos ravishda 11 va 89 foizni, surunkali kasalligi borlarda esa 23 va 77 foizni tashkil etgan.

 

    Boshqa yangiliklar