O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi “O`zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg`armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoniga muvofiq, “Mehnat faxriysi” ko`krak nishoni ta`sis etilgan edi.
27 aprle kuni ushbu mukofot bilan taqdirlanganlar ro`yxati e`lon qilindi. Senat Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, ular orasida 6 nafar Oliy Majlis Senati a`zolari ham bor.
Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbaeva, Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo`mitasi raisi Qutbidin Burxanov, Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo`mitasi raisi Erkin Gadoev, Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo`mitasi raisi Baxtiyor Sayfullaev, Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo`mitasi raisi Narimon Umarov, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo`mitasi raisi o`rinbosari Tolibjon Madumarov birinchi darajali “Mehnat faxriysi” ko`krak nishoni bilan taqdirlangan.






