Bugun, 17: 50larda Toshkent metropolitenining Chilonzor yo`nalishidagi "Milliy bog`" va "Novza" stansiyalari oralig`ida texnik sabablarga ko`ra bitta harakat tarkibi to`xtatildi. Bu "O`zbekiston temir yo`llari" AJning Axborot-tahliliy media markazi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, barcha yo`lovchilar xavfsiz evakuasiya qilingan.
"Toshkent metropoliteni" unitar korxonasining rahbariyati yo`lovchilardan uzr so`raydi va vaziyatni aniqlab olish uchun ishchi guruh tezkor tashkil etilganini ma`lum qiladi. Tekshiruv natijalari rasmiy manbalarda jamoatchilikka e`lon qilinadi",–deyiladi "O`zbekiston temir yo`llari" AJ xabarida.
Hozirda, metropolitenning ushbu yo`nalishdagi xarakat davom etmoqda.