Bu haqda Madaniyat vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.
"O`zbekiston davlat san`at va madaniyat institutida ayrim talabalarda COVID-19 kasalligi aniqlanganligi sababli o`quv jarayonlari 2021 yilning 28 aprelidan boshlab 14 kunga (11 mayga qadar) masofaviy (onlayn) shaklga o`tkazildi", - deyiladi xabarda.
Eslatib o`tamiz, sal avval yana 4 ta OTM masofaviy ta`lim shakliga o`tgani xabar qilingan edi.






