AsosiyJamiyat

Rekord! O`zbekistonda koronavirusdan kasallanish ko`rsatkichi keskin oshib ketdi

'Rekord! O`zbekistonda koronavirusdan kasallanish ko`rsatkichi keskin oshib ketdi'ning rasmi

Kecha 400 nafarga yaqin koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi, 1 nafar bemor vafot etdi  Bu haqda SSV ma`lum qildi.

2021 yil 28 aprel holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 90406 (+398) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 5 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
  • 5 nafari Andijon viloyatida,
  • 4 nafari Buxoro viloyatida,
  • 7 nafari Jizzax viloyatida,
  • 5 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 1 nafari Navoiy viloyatida,
  • 5 nafari Namangan viloyatida,
  • 72 nafari Samarqand viloyatida,
  • 5 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 4 nafari Farg`ona viloyatida,
  • 3 nafari Xorazm viloyatida,
  • 73 nafari Toshkent viloyatida,
  • 207 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

 

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog`iston Respublikasida 9 nafar,
  • Buxoro viloyatida 6 nafar,
  • Jizzax viloyatida 6 nafar,
  •  Qashqadaryo viloyatida 5 nafar,
  • Namangan viloyatida 11 nafar,
  • Samarqand viloyatida 76 nafar,
  • Toshkent viloyatida 39 nafar,
  • Toshkent shahrida 173 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 86774 (+325) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.

 

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 647 nafarni tashkil qildi.

️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 2985 nafar bemor davolanmoqda.  

 

    Boshqa yangiliklar