Bu usul nafaqat koronavirus infeksiyasida, balki isitish, shamollatish yoki havoni tozalash tizimlarida havoni dezinfeksiya qilish uchun ham ishlatilishi mumkinligi aytilmoqda.
Texas A&M universiteti elektrotexnika va kompyuter texnikasi kafedrasi professori Arum Xan va uning xodimlari eksperimental ravishda koronavirusga ultra yuqori harorat ta`sir qilish bilan virusni zararsizlantirish mumkinligini (bir soniyadan kam muddatda) isbotlashgan. Bu haqda spot.uz “Krasnaya Vesna”ga tayanib xabar bermoqda.
Arum Xanning ta`kidlashicha, ishlab chiqilgan usul nafaqat koronavirus infeksiyasida, balki isitish, shamollatish yoki havoni tozalash tizimlarida havoni dezinfeksiya qilish uchun ham ishlatilishi mumkin.
Gripp unchalik xavfli emasdek ko`rinsa-da, ammo u har yili bir necha o`limga sabab bo`ladi. Shuning uchun bu usul havoni tozalash tizimining rivojlanishiga olib kelishi mumkin, bu nafaqat koronavirus uchun, balki boshqa havodagi viruslar bilan kurashishda katta ahamiyatga ega bo`ladi, — deya qo`shimcha qilgan u.
Ma`lumot uchun, hozirgi vaqtda olimlar yuqori haroratning viruslarga juda qisqa vaqt ichida ta`sirini, optimal haroratini sinab ko`radigan loyiha ustida ishlamoqdalar.






