Bugun, 29 aprel kuni soat 00:10larda , Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Amir Temur ko`chasida haydovchi, 1996 yilda tug`ilgan J.R. "Lasetti" rusumli avtomobilda harakatlanayotib ushbu ko`chada joylashgan 107-uy ro`parasiga etgan vaqtida boshqaruvni yo`qotgan va yo`ldan chiqib ketib daraxtga urilgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi xabar bermoqda.
️Natijada, haydovchi 25 yoshli J.R. og`ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.
️Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB TB tomonidan tergovga qadar dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






