Ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarning jamoat joyida o`zaro urishib, janjallashgani aks etgan xabarlar tarqalmoqda. Mazkur holatlar uchun qonunchilikda qanday javobgarlik bor? AOKAda o`tkazilgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O`rinboeva savollarga javob qaytardi:
«Qonunchilikka ko`ra, jamoat joylarida uyatli so`zlar bilan so`kinish, fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik mazkur holatlarni sodir etish bezorilik hisoblandi.
Ushbu qilmishni sodir etish shaxslarga jarima yoki majburiy jamoat ishlari yoxud axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishga sabab bo`ladi.
Agarda bezorilik harakati natijasida boshqa og`ir oqibatlar kelib chiqsa, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi».