Joriy yilning 23 aprel kuni *Youtube tarmog`ida “Karam masalasini hech kim so`ramadi, izlamadi endi biz paxta g`allasini buzamiz.” sarlavhasi ostida videomurojaat e`lon qilingan edi. Mazkur video murojaat shu kunning o`zida Senatning Agrar, suv xo`jaligi masalalari va ekologiya qo`mitasi tomonidan nazoratga olinib, o`rganildi.
O`rganishlar natijasida ma`lum bo`ldiki, Surxondaryo viloyati, Denov tumanida yashovchi Tolibjon Cho`lliev 2020 yil oktyabridan 2021 yilning 1 aprel kuniga qadar Sariosiyo tumanining “Bog`iobod” mahallasi hududida joylashgan “Bekzod Sherzod” fermer xo`jaligi raisi Garavboy Alimardonovga tegishli erni og`zaki shartnoma asosida vaqtinchalik foydalanish uchun olgan. T.Cho`lliev “Bekzod Sherzod” fermer xo`jaligiga tegishli 0.20 ga suvli er maydoniga karam ekinini ekib, ularni parvarishlab etishtirgan.
“Denov tekstil Klaster” agronomi Sherxon Qurbonov 0.14 ga erda karam ekini bo`lgan va hali hosili yig`ilmagan erni, ogohlantirmasdan o`zboshimchalik bilan shudgor qildirib, fuqaro T.Cho`llievga 280 million miqdorda moddiy zarar etkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Sherxon Qurbonovga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga muvofiq jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat ishi yakunlari bo`yicha batafsil axborot beriladi. Hozirda holat yuzasidan ishlar Senat nazoratiga olingan.






