AsosiyJamiyat

Ayrim fuqarolarga nafaqa tayinlash bo`yicha davlat xizmatlari YaIDXP orqali ko`rsatiladi

'Ayrim fuqarolarga nafaqa tayinlash bo`yicha davlat xizmatlari YaIDXP orqali ko`rsatiladi'ning rasmi

Hukumat qarori bilan Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi fuqarolarga nafaqa tayinlash bo`yicha davlat xizmatlari ko`rsatishning ma`muriy reglamenti tasdiqlandi.

 Qarorga muvofiq, 2021 yil 1 avgustdan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi fuqarolarga nafaqa tayinlash bo`yicha davlat xizmatlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali joriy etiladi.

 Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi fuqarolar quyidagilar hisoblanadi:

  • nogironligi bo`lgan 18 yoshgacha bolalar, OIV infeksiyasiga chalingan 18 yoshgacha bo`lgan shaxslar hamda 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi bo`lgan shaxslar;
  • davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur bo`lgan ish stajiga ega bo`lmagan shaxslar;
  • bolalikdan nogironligi bo`lgan farzandi bor onalar;
  • yoshidan qat`i nazar ish stajiga ega bo`lmagan I va II guruh nogironligi bo`lgan shaxslar;
  • davlat pensiyasini olish huquqiga ega bo`lmagan shaxsning qaramog`ida bo`lgan oilaning mehnatga layoqatli bo`lmagan a`zolari.

 Ularga davlat xizmatlari DXM yoki YaIDXP orqali Pensiya jamg`armasi tomonidan ko`rsatiladi va nafaqa puli nafaqa etkazib berish yuklangan tashkilot tomonidan to`lanadi.

Murojaat qiluvchi DXMga o`zi (yaqin qarindoshlari, ishonchli vakili, vasiy yoki homiy) kelishi yoki elektron tarzda YaIDXPda ro`yxatdan o`tgan holda murojaat qilishi mumkin.

Davlat xizmatini ko`rsatilganligi uchun yig`im undirilmaydi.

    Boshqa yangiliklar