AsosiyJamiyat

Yangi tashkil etilgan Namangan tumaniga hokim tayinlandi

'Yangi tashkil etilgan Namangan tumaniga hokim tayinlandi'ning rasmi

Xalq deputatlari Namangan shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Yangi Namangan tumaniga hokim tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko`ra, sessiyada Namangan viloyatining Namangan shahri tarkibida Yangi Namangan tumanini tashkil etish bo`yicha masala ko`rilgan. Viloyat hokimi Shavkat Abdurazzaqov Yangi Namangan tumani hokimligiga shu paytga qadar Namangan viloyati hokimligining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo`jalik masalalari kotibiyati mudiri bo`lib ishlab kelgan Jobir Abdullaev nomzodini taklif qilgan.

Qayd etilishicha, deputatlar va faollar nomzod yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirgan. Nomzod ular tomonidan ma`qullangan. Jobir Abdullaev 1984 yilda Namangan shahrida tug`ilgan. 2005 yilda Namangan muhandislik pedagogika instituti, 2008 yilda Namangan muhandislik pedagogika institutini tamomlagan.

U 2008–2019 yillar davomida «Namangan elektr tarmoqlari» ochiq aksiyadorlik jamiyatida turli mas`ul lavozimlarda mehnat qilgan. 2019–2020 yillarda Namangan shahar hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar, kommunal xo`jalik masalalari bo`yicha o`rinbosari vazifasini bajaruvchi bo`lib ishlagan. Jobir Abdullaev 2020 yildan to shu kunga qadar Namangan viloyati hokimligining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo`jalik masalalari kotibiyati mudiri sifatida faoliyat yuritib kelgan.

Boshqa yangiliklar