AsosiyJamiyat

O`zbekiston Hindistonga gumanitar yordam ko`rsatadi

'O`zbekiston Hindistonga gumanitar yordam ko`rsatadi'ning rasmi

Hindistondagi koronavirus infeksiyasini tarqalishini bartaraf etish uchun O`zbekiston insonparvarlik yordamini yuvoradi, deya xabar bermoqda «Nigoh».

Gumanitar yordam sifatida «Remdesivir» preparati, etil spirti, mobil kislorod konsentratori to`plamlari va bir martalik respiratorlarini etkazib berish rejalashtirilgan.

Hozirda Hindistonda COVID-19 bilan kasallanishning rekord darajadagi yangi holatlari aniqlanmoqda. Faqat 10 kun ichida 3,2 milliondan ortiq kishi kasallangan va 24 mingdan ortig`i vafot etgan.

Bundan tashqari, ikki marta mutasiyaga ega bo`lgan koronavirusning yangi turi (V.1.617) aniqlangan. Ushbu kasallik bilan koronavirusdan tuzalganlar va emlanganlar ham kasallanishi mumkin.

Mamlakat sog`liqni saqlash tizimi hozirgi vaziyatga bardosh bera olmayapti. Kasalxonalarda yotoq, dori-darmon va kislorod etishmovchiligi mavjud. 

Boshqa yangiliklar