AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonga salqin va nam havo massalari kirib keladi. Ba`zi hududlarda yomg`ir yog`adi

'Bugun O`zbekistonga salqin va nam havo massalari kirib keladi. Ba`zi hududlarda yomg`ir yog`adi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha salqin va biroz nam havo massalari kirib keladi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kechga tomon ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 25-30° ni tashkil etadi. 

Poytaxtimizda havo o`zgarib turadi, kechga tomon biroz yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 26-28° bo`ladi.
 

Respublikaning tog`li hududlarida havo bulutli bo`ladi, respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17-22° bo`ladi. 
  
 

    Boshqa yangiliklar