AsosiyJamiyat

Bitiruvchilardan uch tomonlama shartnoma talab etilishi bilan bog`liq holat nazoratga olindi

'Bitiruvchilardan uch tomonlama shartnoma talab etilishi bilan bog`liq holat nazoratga olindi'ning rasmi

Shu kunlarda kollej, lisey, hatto oliy ta`lim muassasalari  bitiruvchilaridan biror tashkilot, korxonadan uch tomonlama shartnoma tasdiqlatib kelishi talab etilayotgani bilan bog`liq holatlar uchrayotgani ijtimoiy tarmoqlarda jamoatchilik tomonidan keng muhokama qilinmoqda.

Xususan, bitiruvchilarni ish bilan ta`minlashda ana shunday ko`zbo`yamachilikka yo`l qo`yilayotgani,  eng achinarlisi, uch tomonlama shartnoma xo`jako`rsinga tuzilganini uch tomon ham bilishi, bu soxta “an`ana” butun bir mamlakat rivoji uchun salbiy ta`sir qilishi ta`kidlangan.

Senat Axborot xizmatining xabar berishicha, mazkur masala Oliy Majlis Senatining Fan, ta`lim va sog`liqni saqlash masalalari qo`mitasi tomonidan nazoratga olinib, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligiga asoslantirilgan holda tushuntirish berish talabi bilan so`rov yuborildi.

    Boshqa yangiliklar