AsosiyJamiyat

Koreya respublikasida ishlash istagida bo`lganlar uchun to`rtta hududda tanlovlar o`tkaziladi

'Koreya respublikasida ishlash istagida bo`lganlar uchun to`rtta hududda tanlovlar o`tkaziladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Koreya Respublikasining Kanvondo provinsiyasining Yanggu, Inje, Xongchon, shuningdek Kyongsangpukdo provinsiyasining Yongyang okruglari administrasiyalari (mahalliy hokimliklari) o`rtasida erishilgan kelishuvlarga muvofiq, 5 oylik mavsumiy ishlar tizimi (E-8 vizasi) doirasida fuqarolarni vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qishloq xo`jaligi ishlariga jalb qilish maqsadida tuzilgan guruh tomonidan;  

  •  2021 yil 3 may kuni Namangan viloyati “Ishga marhamat” monomarkazida erkaklar uchun;
  •  2021 yil 4-5 may kunlari Farg`ona viloyati “Ishga marhamat” monomarkazida erkaklar uchun;
  •  2021 yil 7 may kuni Samarqand viloyati “Ishga marhamat” monomarkazida erkaklar uchun;
  •  2021 yil 8 may kuni Qashqadaryo viloyati “Ishga marhamat” monomarkazida erkak va ayollar uchun tanlov o`tkaziladi.

Tanlovda ishtirok etish niyatida bo`lgan fuqarolar uchun Koreya tomonidan quyidagi talablar qo`yilgan:

  •  Viloyat hududida oxirgi 3 yil davomida doimiy ro`yxatda turib istiqomat qilishi;
  •  Koreys tilini bilishi (suhbat koreys tilida bo`lib o`tadi);
  •  Erkaklar 35-45, ayollar 27-40 yosh oralig`ida bo`lishi;  
  •  Oilali bo`lishi (ajrashmagan);  
  •  Mavsumiy ishlar bo`yicha (qishloq xo`jaligi) tajribaga ega bo`lishi;
  •  Sog`lom, yuqumli kasalliklarga chalinmagan bo`lishi;
  •  Sudlanmagan bo`lishi;
  •  Koreya Respublikasi hududiga kirish uchun taqiq bo`lmasligi;
  •   O`zbekiston Respublikasi hududidan chiqishga taqiqi mavjud bo`lmagan va xorijga chiqish pasportiga ega bo`lishi lozim.

Eslatib o`tamiz!

Fuqarolar o`zlari bilan fuqarolik va xorijga chiqish pasportidan 1 nusxadan (rangli shaklda) hamda 1 dona 3,5-4,5 fotosurat olib kelishi shart.

Tanlovda ishtirok etish mutlaqo bepul.

Tanlov jarayoni “YOU TUBE” kanali orqali to`g`ridan-to`g`ri efirga uzatiladi.

Tanlovdan muvaffaqiyatli o`tgan fuqarolar koreyalik vakillar tomonidan o`rnatilgan tartibda ketishdan oldingi o`qitish va 14 kunlik majburiy karantinda saqlanadi.

 Qo`shimcha ma`lumot olish uchun 1282 qisqa raqami va (71) 202-33-55 raqamlariga qo`ng`iroq qilishingiz mumkin.

Eslatib o`tamiz️!

 Koreya Respublikasiga E-8 vizasi bo`yicha vaqtinchalik mehnat qilish uchun jo`nab ketgan hamda belgilangan muddatda Vatanga qaytmagan fuqarolar (noqonuniy Koreya hududida bo`lgan) 3 tomonlama shartnomada belgilangan tartibda Koreya Respublikasida noqonuniy bo`lgan har bir oy uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari (taxminan 2300 AQSh dollari) hamda Koreya Respublikasining immigrasiya qonunchiligiga muvofiq 30 mln. koreys vonigacha (taxminan 27 000 AQSh dollari) miqdorida jarimaga tortilishiga sabab bo`lishi to`g`risida ogohlantiramiz.

 O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hujjatlar topshirib, suhbatdan o`tgan fuqarolar viza olishiga kafolat bermaydi, viza taqdim etish masalasi Koreya tomonidan o`rnatilgan tartibda ko`rib chiqiladi.

    Boshqa yangiliklar