AsosiyDunyo

BMT Qirg`iziston va Tojikiston chegarasidagi vaziyatga izoh berdi

'BMT Qirg`iziston va Tojikiston chegarasidagi vaziyatga izoh berdi'ning rasmi

BMT Qirg`iziston va Tojikiston chegarasida yuzaga kelgan vaziyatni xavotir bilan kuzatmoqda va o`t ochishni to`xtatish haqidagi kelishuvni ma`qullaydi, deb bayonot berdi BMT bosh kotibining rasmiy vakili o`rinbosari Farxan Haq jurnalistlar uchun uyushtirilgan brifingda.

«Biz ushbu voqeaga oid xabarlarni xavotir bilan kuzatmoqdamiz. Tojikiston va Qirg`iziston davlatlari o`t ochishni to`xtatish haqida kelishuvga erishganidan xabardormiz. Agar rostdan ham shunday bo`lsa, biz buni qo`llab-quvvatlaymiz», - dedi Haq.

«Biz ikki tomonni ham har qanday masalani tinch yo`l bilan hal etish uchun to`g`ridan-to`g`ri muzokaralar olib borishga chaqiramiz», - qo`shimcha qildi u.

Qirg`iziston va Tojikiston chegara hududida delimitasiya qilinmagan uchastkalarning mavjudligi ikki mamlakatning mahalliy aholisi yoki chegarachilari o`rtasida vaqti-vaqti mojaro chiqishiga sabab bo`lib kelmoqda.

    Boshqa yangiliklar