AsosiyJamiyat

Buvayda tumanida qimorxona fosh etildi

'Buvayda tumanida qimorxona fosh etildi'ning rasmi

2021 yilning 21 aprel kuni soat 01:00 larda Buvayda tumani IIB JQB xodimlari tomonidan fuqaro 44 yoshli T.Shuhrat Buvayda tumani Elobod qishlog`ida joylashgan yashash xonadonida qimor o`yini uchun maxsus buyumlar bilan alohida xonasini jihozlab, har bir yutuq o`yindan 10 000 - 15 000 so`mdan cho`tal pullari yig`ib olish evaziga tanishlariga “oshiq” otish orqali qimor o`ynashlariga sharoit yaratib kelayotganligi aniqlanib, yashash xonadonidan qimor o`yini uchun maxsus buyumlar, 2.752.000 so`m va 500 AQSh dollari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qildi. 

Mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan T.Shuhratga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o`yinlarni tashkil etish hamda o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma`lumot uchun, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko`ra 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

  

 

    Boshqa yangiliklar