AsosiyJamiyat

O`zbekistonda dam olish kunlari ob-havo qanday bo`lishi va qaysi hududlarda yomg`ir yog`ishi ma`lum qilindi

'O`zbekistonda dam olish kunlari ob-havo qanday bo`lishi va qaysi hududlarda yomg`ir yog`ishi ma`lum qilindi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, aprel oyining so`nggi kunlarida bahor fasliga hos bo`lmagan issiq ob-havo kuzatildi. Buning sababi, Eron hududlaridan iliq va quruq havo kirib kelishidir. 26-29 aprelda me`yordan 8-10° ga ko`p bo`ldi. Kunduz kunlari harorat 34-36° ga, janubda va cho`l hududlarida 37-39° ga etdi, bu aprel oyi oxiri uchun bo`lgan rekord qiymatlarga yaqinlashdi, ayrim tumanlarda esa ushbu kunlar uchun haroratning yangi rekordi o`rnatildi.
Bugun, aprel oyining oxirigi kuni respublika hududlari bo`yicha Kaspiy dengizidan salqin va biroz nam havo kirib kelishi boshlandi. Osmonda bulutlar paydo bo`ldi, kunning birinchi yarmida Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarining ayrim tumanlarida, kechga tomon esa Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Harorat 25-28° atrofida bo`ladi.
Ertaga faqat respublikaning eng sharqiy tumanlarida biroz beqarorlik saqlanib turadi. Farg`ona vodiysi viloyatlarida va tog`li tumanlarda kechasi va ertalab ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Harorat ushbu darajada saqlanib turadi.
Bugun va ertaga ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Yakshanba kuni O`zbekistonning barcha hududlari bo`yicha kam bulutli va quruq ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Havo harorati 29-32° gacha, janubda 34-37° gacha ko`tariladi.

    Boshqa yangiliklar