AsosiyJamiyat

Toshkent - Bishkek - Toshkent yo`nalishida muntazam aviaqatnovlar soni ko`paytirilmoqda

'Toshkent - Bishkek - Toshkent yo`nalishida muntazam aviaqatnovlar soni ko`paytirilmoqda'ning rasmi

"Uzbekistan Airways" Toshkent - Bishkek - Toshkent yo`nalishi bo`yicha muntazam reyslar sonini ko`paytirmoqda.  Bu haqda "Uzbekistan Airways" MAK Axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko`ra, 8 maydan boshlab Toshkentdan Bishkekka va ortga dushanba, payshanba va shanba kunlari haftasiga uch martadan reyslar amalga oshiriladi.

Ma`lum qilinishicha:

Toshkent - Bishkek narxi: 1 054 000 so`mdan boshlab

 Toshkent - Bishkek - Toshkent  narxi: 2 158 000 so`mdan boshlab sotilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar