Prezident Shavkat Mirziyoev ayni vaqtda bo`lib o`tayotgan videoselektorda bank sohasidagi korrupsiya masalalariga to`xtalib o`tdi, deb xabar bermoqda «Gazeta.uz.
«O`zsanoatqurilishbank» xodimlaridan biri katta miqdordagi talon-tarojda ayblanib, hibsga olingani aytildi. Prezident har bir bank rahbariga «nimada ayblanayotganini ko`rish, farzandlarini ko`z oldiga keltirishi uchun» sud jarayonida ishtirok etishni taklif qildi.
«Men Mamarizo Nurmuratovga [Markaziy bank raisi] ishonaman, lekin uning tizimiga ishonmayman», — dedi prezident.
Bosh vazir o`rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo`chqorov MB rahbari bilan birgalikda bir oy ichida «O`zsanoatqurilishbank» va «Ipotekabank»ni «korrupsiyadan holi bankka» aylantirishi kerakligi ta`kidlandi.
Shavkat Mirziyoev birinchi pog`ona rahbarlari o`z sohalaridagi korrupsiya uchun javob berishlari haqida ogohlantirdi .






