Kunlar isishi bilan oilalar ta’til rejasini tuzishni xohlaydilar. Turkiya, ishonchli turizm ehtiyot choralarini ko‘rgan holda bolali oilalarga mos, boshqalardan ajralib turadigan konsepsiyadagi dam olish imkonini taqdim etmoqda.
Turkiya yosh bolali oilalarga qaratilgan dam olish imkonlari bilan boydir. Animasiyalar, bolalar ustaxonalari, bolalar uchun maxsus hovuz va suv atraksionlari va boshqalar mavjud bo‘lgan mehmonxonalari bilan Qushadasi, Marmaris, Fethiya va asosan shunga o‘xshash tunash va dam olish maskanlari ko‘p bo‘lgan Antaliya ko‘pgina alternativlar bilan chiqmoqda.
“Bolalar Do‘sti” mehmonxonalarda oilalar maroq qilib dam olayotgan paytda, bolalar kun bo‘yi murabbiylar hamrohligida o‘yingoh va sport mashg‘ulotlarida vaqt o‘tkazishi mumkin. Farzandli oilalar turfa xil xizmatlardan bir majmuada foydalanishlari va ularning mamnun bo‘lishlari oldinga surilgan maqsadlardan biridir. Tajribalardan kelib chiqqan holda majmuadagi bolalarga mo‘ljallangan o‘yingohlarda bolalar xavfsizligi uchun katta e’tibor qaratilgan.
Mustaqil hamda tabiat qo‘ynida ekologiya bilan hamnafas dam olishni istagan oilalar uchun ishonchli turizm ehtiyot choralari ko‘rilgan mehmonxonalar mavjud. Ayniqsa Qoraburun, Bodrum, Fethiye, Datcha, Selimiye, Bozburun, Kekova kabi sohil bo‘yidagi shaharlar, ziyoratchi oilalarni zaytun daraxtlari orasida Ege Dengizining butun sokinligi bilan qarshi oladi. Bu mintaqadagi ba’zi mehmonxonalarda bolalar tovuq, o‘rdak, g‘oz kabi uy hayvonlarini oziqlantirish, ekologik toza bo‘lgan bog‘lardan meva va sabzavotlarni bandidan uzib iste’mol qilish imkoniyatiga egalar. Turkiya, butun oilaning birgalikda tabiat qo‘ynida sayr qilish, dengizda kanoyeda eshkak eshish va shunga o‘xshash cheksiz imkoniyatlar va mehmonlarning tunab qolishi uchun barcha qulayliklar mavjud.
Turkiyada 30 va undan ortiq yotoqxonaga ega bo‘lgan barcha mehmonxonalardan Ishonchli turizm sertifikati talab qilinadi. Bundan tashqari, transoport vositalari va oziq-ovqat boshqaruvi bilan birgalikda turizm xodimlarining xalqaro sog‘liq standartlariga javob berishi, bolalar bilan ta’tilning maroqli o‘tishini ta’minlaydi. Sertifikatdan tashqari, Turkiya mehmonxonalardagi ta’tillarni yanada xavfsiz o‘tishini ta’minlash maqsadida turizm sohasi xodimlarini emlash jarayonini boshladi. 2021-yil yoz mavsumi boshlanishiga qadar ushbu jarayonni bitirish ko‘zda tutilgan.
Mavzuga doir:
Turkiyada joriy qilingan karantin turistlar sayohatini cheklamasligi ma`lum qilindi






