AsosiyJamiyat

Moskva va Novosibirskda qiynalgan uch nafar hamyurtimiz O`zbekistonga qaytarildi

'Moskva va Novosibirskda qiynalgan uch nafar hamyurtimiz O`zbekistonga qaytarildi'ning rasmi

Moskva viloyatida murakkab moliyaviy ahvolda qolgan Namangandan A.T Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo`llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg`armasi mablag`lari hisobidan Moskva-Toshkent yo`nalishida Vatanga qaytarildi.

Shuningdek, mamlakatimizning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi va Agentlik vakolatxonasi tomonidan mazkur shaharda salomatligi yomonlashganligi sababli ishlash imkoni cheklangan va qiyin ahvolda qolgan Sirdaryodan A.S va Namangan viloyatidan A.T homiylar hisobidan vaqtincha yashash uchun xostel, oziq-ovqat bilan ta`minlandi. Bugun Novosibirsk-Namangan yo`nalishidagi aviareys orqali O`zbekistonga jo`natildi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar berdi.  

Boshqa yangiliklar