O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekistonda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida ertalab beqarorlik saqlanib turadi, ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 25-30° atrofida saqlanib turadi.
Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo 26-28° gacha isiydi.
Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-18° bo`ladi.






