“Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Hukumat qarori (258-son, 29.04.2021 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko`ra, 2021 yil 1 avgustdan:
-xizmat avtotransport vositalari respublika davlat boshqaruvi organlarida, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarida rahbarlar hamda ularning o`rinbosarlariga;
- respublika davlat boshqaruvi organlari tizimidagi tashkilotlar va ularning hududiy bo`linmalarida birinchi rahbarlarga shaxsan biriktiriladi.
Shuningdek, respublika davlat boshqaruvi organlarida autsorsing shartlari asosida avtobus, taksi va boshqa avtotransportlar xizmatlaridan foydalanish tizimi joriy etiladi.
Qarorga ko`ra, 2021 yil 1 iyuldan davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransportlarni ro`yxatdan o`tkazish davlat raqami belgilarining yangi tipi joriy etiladi.
2021 yil 1 avgustga qadar ularning tegishli ichki ishlar organlarida qayta ro`yxatdan o`tkazilishi ta`minlanadi hamda buning uchun to`lov undirilmaydi.
2021 yil 1 avgustdan esa yangi tipdagi davlat raqami belgilari bilan qayta ro`yxatdan o`tkazilmagan tegishli xizmat avtotransport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.






