30 aprel kuni mamlakatimiz hududlari bo`ylab jami 79310 nafar kishi COVID-19 ga qarshi emlandi. Bu vaksinasiya boshlangandan beri eng yuqori ko`rsatkichdir, deya xabar bermoqda SSV.
Shu tariqa ayni kungacha mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 797 781nafarga etdi.
30 aprel kunidagi emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:
Farg`ona viloyati (12 685 nafar),
Andijon viloyati (10 026 nafar),
Namangan viloyati (9397 nafar),
Samarqand viloyati (7779 nafar) band qildi.
E`tiborli jihati shuki, koronavirusga qarshi emlangan jami aholi soni:
Farg`ona viloyatida 117 843 nafar,
Namangan viloyatida 84 874 nafar,
Andijon viloyatida 82 268 nafar,
Samarqand viloyatida 77 364 nafarni tashkil qilmoqda.
Emlash jarayonlari davom etadi.






