AsosiyJamiyat

Andijon tumanida zaxiraga jamg`arilgan kartoshka talon-toroj qilindi

'Andijon tumanida zaxiraga jamg`arilgan kartoshka talon-toroj qilindi'ning rasmi

Andijon tumanida zaxiraga jamg`arilgan kartoshka talon-toroj qilinganligi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon tuman bo`limi tomonidan “Agrobank” ATB Andijon viloyati filiali va Andijon tuman hokimligining murojaatlariga asosan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tumandagi “Kuygan-yor dehqon bozori” MChJ rahbari U.X. va boshqalar qish-bahor mavsumida qishloq xo`jaligi mahsulotlarini zaxira qilish maqsadida “Agrobank” ATB Andijon filiali tomonidan ajratilgan kredit mablag`i hisobidan xarid qilingan 646,6 mln so`mlik 149 tonna kartoshkani sotib yuborib, sotuvdan tushgan pullarni kredit qarzdorligini so`ndirishga yo`naltirilmasdan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan U.X. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar