AsosiyJamiyat

10 ming qadam yurgan fuqarolarga pul to`lanadi

'10 ming qadam yurgan fuqarolarga pul   to`lanadi'ning rasmi

Hukumat qarori bilan “Sog`lom turmush tarzi” platformasi faoliyatini tashkil etish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi

Nizomga muvofiq, O`zbekiston hududida bir sutka davomida o`n ming va undan ortiq qadam yurgan 18 va undan yuqori yoshdagi O`zbekiston fuqarolarining platformadagi elektron hamyoniga 3 ming so`mdan o`tkaziladi.

Hududlar kesimi bo`yicha eng ko`p yurgan shaxslarga har oyda:

  • tuman (shahar)da – 300 ming so`m;
  • viloyatlar va Toshkent shahrida – 500 ming so`m;
  • Respublika bo`yicha – 1 mln so`m qo`shimcha ravishda platformadagi elektron hamyoniga o`tkaziladi.

Platformada fuqarolarning yurgan qadamlari hisobi soat 00:00 dan 23:59 gacha yuritiladi.

 Mobil ilovadan foydalanish uchun fuqarolar Google Play Market yoki AppStore internet do`konlaridan mobil ilovani yuklab olishi hamda Android operasion tizimida Google Fit, iOS operasion tizimida HealthKit ilovalarini mobil qurilmalariga o`rnatishi lozim.

Buning uchun fuqarolar id.egov.uz sayti orqali ro`yxatdan o`tib autentifikasiya va identifikasiyasini amalga oshirishlari lozim.

    Boshqa yangiliklar